Bizning xizmatlarimiz

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablari bilan belgilanadigan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlayotgan nazorat-kassa mashinalariga 24/7 rejimida uzluksiz onlayn texnik xizmat ko‘rsatish:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lov tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5813-son qarori. ;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual nazorat-kassa mashinasi tizimidan foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PKM 943-son qarori.

           Bajarilgan ish turlari:

     Onlayn kassaga texnik xizmat ko'rsatish;
     Kafolatli ta'mirlash onlayn KKM;
     Kafolatdan keyingi ta'mirlash onlayn KKM;
     Kassa apparatlarini modernizatsiya qilish;
     Onlayn kassa apparatlarini ishga tushirishni amalga oshirish;
     Onlayn kassaga o'rnatilgan tovarlar (ko'rsatilgan xizmatlar) ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
     Onlayn nazorat-kassa mashinalarini va (yoki virtual nazorat-kassa mashinalarini) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining maxsus axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish;
     tadbirkorlik subyektlari xodimlarini soddalashtirilgan hamda kengaytirilgan o‘quv dasturlari asosida onlayn-kassa mashinalarida ishlashga o‘rgatish va tayyorlash;
     Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalarining asosiy funksiyalari va texnik xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida maslahat seminarlarini o‘tkazish.

Narxlar jadvali